Jamiyat

Qishloq xo‘jaligida vazni 100 kilogacha bo‘lgan dronlardan foydalanishga ruxsat beriladi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tegishli farmonni qabul qildi.

Qishloq xo‘jaligida vazni 100 kilogacha bo‘lgan dronlardan foydalanishga ruxsat beriladi

 

“Davlat va fuqaro aviasiyasida uchuvchisiz uchish moslamalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablari o‘zgartirildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida og‘irligi 100 kilogacha bo‘lgan dronlardan foydalanishga ruxsat berildi.

 

Taʼkidlanishicha, respublika davlat va fuqaro aviasiyasida uchuvchisiz uchish moslamalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari o‘zgargan. Xususan, uchish moslamalarining vazni 25 kilodan og‘ir bo‘lmasligi kerak. Qishloq xo‘jaligi faoliyati uchun mo‘ljallangan dronlar bundan mustasno. Bunday dronlar uchish uchun maksimal ruxsat etilgan og‘irlik 100 kg.

 

Eslatib o‘tamiz, shu yil fevral oyidan O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarini nazorat qilish va ekinlarni monitoring qilish uchun dronlardan foydalanish boshlangan edi. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ushbu chora ilk bor Jizzax viloyatida amalga oshirilgan.

 

Javohirbek Tursunov

 

Qishloq xo‘jaligida vazni 100 kilogacha bo‘lgan dronlardan foydalanishga ruxsat beriladi | Zamon.uz