Jamiyat

Hokim yordamchisi bo‘lish uchun oliy maʼlumot shart emas

Mazkur lavozim faoliyatini tartibga solish uchun “Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” ham tashkil etildi.

Hokim yordamchisi bo‘lish uchun oliy maʼlumot shart emas

 

Xabaringiz bor, 2022 yil 1 yanvardan har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, har bir mahallada tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi taʼsis etiladi. Mazkur lavozim hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalarini hal qilish maqsadida joriy qilindi.

 

Prezident farmoniga binoan, hokimining yordamchisi bo‘lishga daʼvogarlardan oliy maʼlumotli bo‘lish talab etilmaydi. Biroq maʼlum bir belgilangan tartiblar belgilangan. Jumladan mazkur lavozimga:

 

➖ Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy bo‘linmalarida bo‘lim (sho‘ba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimda ishlovchi rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarning rahbar xodimlari tayinlanadi;

➖ nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;

➖ tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol yoshlar, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar va oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin.

 

Shuningdek, Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:

👉 Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari;

Eslatma. Agentlik direktori Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi.

👉 tuman (shahar) hokimliklari tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari.

 

Maʼlumot uchun, hujjatga binoan “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni ham taʼsis etildi.

 

Ushbu ko‘krak nishoni bilan hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaxslar taqdirlanadi.

 

Avvalroq mahallalarda “hokim yordamchisi” lavozimi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari tashkil qilinishi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Hokim yordamchisi bo‘lish uchun oliy maʼlumot shart emas | Zamon.uz