Jamiyat

Jizzaxda Italiya texnologiyalari asosida yangi meva-sabzavot klasteri bunyod etiladi

“BMB Trade Group” kompaniyasi hamkorlikda xalqaro loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Jizzaxda Italiya texnologiyalari asosida yangi meva-sabzavot klasteri bunyod etiladi

 

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda bog‘dorchilik sohasini rivojlantirishda meva va sabzavot klasterlarini yaratish borasida aniq vazifalar qo‘yilgan.

 

Amaliy tashrif bilan Italiyada bo‘lib turgan “BMB Trade Group” kompaniyasi kuzatuv kengashi birgalikda qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan “Coldiretti” Assotsiatsiyasi prezidenti Ettore Prandini (Ettore Prandini) bilan uchrashib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish borasida muzokaralar o‘tkazdi.

 

Maʼlumot uchun: Italiyaning “Coldiretti” kompaniyasi qishloq xo‘jaligi sohasida yirik loyihalarni mamlakat hamda uning tashqarisida amalga oshirishga ixtisoslashgan ushbu Assotsiatsiyaning 1 million 600 mingga yaqin aʼzosi mavjud.

 

Uchrashuvda tomonlar hamkorlikda Jizzax viloyatida meva va sabzavotlar klasterini tashkil qilish va Yevropa bozorlariga milliy mahsulotni eksport qilish bo‘yicha qo‘shma investitsiyaviy loyihani amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.

 

Avvalroq  barcha hududlarda uzumchilik klasterlari tashkil etilishi hamda Prezident tomorqa xo‘jaligi sohasidagi loyihalar yangicha mexanizm asosida amalga oshirilishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova