Jamiyat

O‘zbekiston va Qozog‘iston “Chevrolet” ishlab chiqarishda 65 million dollar investitsiya ajratadi

“O‘zavtosanoat” AJ mashinasozlik sohasida Qozog‘iston bilan 500 million dollardan ortiq hamkorlikka erishildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston “Chevrolet” ishlab chiqarishda 65 million dollar investitsiya ajratadi

 

Maʼlumki, ikki davlatning yetakchi mashinasozlik kompaniyasi bu —  “O‘zavtosanoat” AJ va “Allur” kompaniyalar guruhi o‘rtasida “SaryarkaAvtoProm” Qo‘stanay zavodida “Chevrolet” yengil avtomobillari kichik tugunli (SKD) ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tish bo‘yicha kelishildi.

 

Mazkur loyiha iqtisodiyotining mahalliylashtirish va eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi. Ikki kompaniyaning sarmoyaviy va iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha erishilgan kelishuvlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

 

 “O‘zavtosanoat” Qozog‘istonning avtotransport ishlab chiqaruvchi “Qaztehna” MCHJ bilan 15 million dollarlik shartnoma ham imzoladi.  Shuningdek, Qozog‘istonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini kengaytirish maqsadida “Qaztehna” negizida “SINOTRUK HOWO” yuk avtomobillarini ishlab chiqariladi.

 

Endilikda, mashinasozlikning asosiy yo‘nalishlaridan tashqari Qozog‘iston kompaniyalari bilan ham O‘zbekiston Respublikasi avtomobil bozorida zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha 50 million dollarlik kelishuvlarga erishildi. 

 

Maʼlumot uchun: 2020-yil mart oyidan boshlab “UzAuto Motors” bilan birgalikda Qo‘stanayda “Chevrolet” rusumli avtomobillarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

 

Joriy yilda esa  “SariarqaAvtoProm” zavodi “SamAuto” kompaniyasi bilan birgalikda “SAZ LE 60” rusumli past polli avtobuslarni ishlab chiqarmoqda.

 

Bundan tashqari, “UzAuto Motors” tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar reytingida yetakchi o‘rinlarni egallagan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida deklaratsiya imzlolangani  hamda Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi yakunlangani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

O‘zbekiston va Qozog‘iston “Chevrolet” ishlab chiqarishda 65 million dollar investitsiya ajratadi | Zamon.uz