Jamiyat

11 oy davomida piyodalarga nisabatan 101 861 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan – Toshkent shahar IIBB

2021-yilning yanvar–noyabr oylarida piyodalar ishtirokida sodir etilgan yo‘l transport hodisalari bo‘yicha maʼlumot berildi.

11 oy davomida piyodalarga nisabatan 101 861 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan – Toshkent shahar IIBB

 

Toshkent shahrida joriy yilning 1-yanvaridan 30-noyabriga qadar piyodalar ishtirokida 524 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan. Bu haqida shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, shu yilning 11 oyi davomida poytaxtda sodir bo‘lgan y’l transport hodisalari oqibatida 32 kishi badan shikastlari tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Yana 487 kishiga turli og‘irlikdagi badan shikastlari yetgan.

 

“Bu kabi fojialar har doim ham haydovchilar aybi bilan sodir bo‘lmaydi: ba’zida piyodaning o‘zi belgilangan qoidalarni buzib, yo‘lda kutilmagan omilga aylanmoqda. Shu sababli Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan profilaktik choralarga katta e’tibor qaratilmoqda”, – deyiladi xabarda.

 

Javohirbek Tursunov

11 oy davomida piyodalarga nisabatan 101 861 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan – Toshkent shahar IIBB | Zamon.uz