Konstitutsiya 29 yoshda!
Qariyb 30 yillik tarixda Bosh qomusda nimalar o‘zgardi?

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hozirgi kunga qadar 16 marta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan:
1) 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitusiyaning 77-moddasi 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan so‘zlar “deputatlardan” degan so‘z bilan almashtirildi;
2) 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan;
3) 2007-yil 11-apreldagi Qonun bilan Konstitutiyaning 89-moddasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan;
4) 2008-yil 25-dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritilgan;
5) 2011-yil 18-aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;
6) 2011-yil 12-dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 90-moddasi ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan;
7) 2014-yil 16-aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;
8) 2017-yil 6-aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;
9) 2017-yil 31-mayda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 93, 108, va 109-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;
10) 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 99 va 102-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;
11) 2018-yil 15-oktyabrda qabul qilingan Qonun bilan 105-moddaning birinchi qismidagi “ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini” degan so‘zlar “raisni (oqsoqolni)” degan so‘zlar bilan almashtirilgan;
12) 2019-yil 18-fevralda qabul qilingan Qonun bilan 80 va 93-moddalariga o‘zgartirish kiritilib, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati deb yuritila boshlandi;
13) 2019-yil 5-martda qabul qilingan Qonunga asosan 79, 93 va 98-moddalarga o‘zgartirishlar kiritilgan;
14) 2019-yil 4-sentyabrda qabul qilingan Qonunga asosan saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 96 va 117-moddalarga o‘zgartirishlar kiritildi;
15) 2021-yil 8-fevralda qabul qilingan Qonunlar bilan 117-moddaga saylovlarni oktyabr oyida o‘tkazishga oid, shuningdek, 7, 33, 85, 86, 93, 98, 100-moddalarga qonunchilik hujjatlari tushunchasi bilan bog‘liq, 107-moddaga sud tizimi islohotlari bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritilgan.
Javohirbek Tursunov








