Jamiyat

Yuk poyezdiga yashirilgan giyohvandlik moddasi aniqlandi

20,56 gramm og‘irlikdagi "marixuana" g‘ildiraklar orasidan topildi.

Yuk poyezdiga yashirilgan giyohvandlik moddasi aniqlandi

 

“Chuqursoy texnik idorasi” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlat hududidan kirib kelgan yuk poyezd to‘xtatilib har bir vagon tarkibi ko‘zdan kechirildi.

 

Tekshiruv davomida poyezd vagonlaridan birining g‘ildiragi yon ichki qismida oq rangli paketga o‘ralgan nomaʼlum modda yashirilganligi aniqlandi.

 

Ekspertiza natijalari mazkur modda 20,56 gramm og‘irlikdagi “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligini maʼlum qildi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq, Toshkent viloyatida uzum ostiga yashirilgan katta miqdordagi giyohvand moddalar aniqlangani hamda Urgutda 1 kilogramm “opiy” sotayotgan ayol ushlangani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Yuk poyezdiga yashirilgan giyohvandlik moddasi aniqlandi | Zamon.uz