Jamiyat

Firibgarlik navbati mahalla raisiga: Farg'onada raisga jinoiy ish ochildi

U fuqaroga imtiyozli narxlarda uy olib berishni vaʼda qilgan.

Firibgarlik navbati mahalla raisiga: Farg'onada raisga  jinoiy ish ochildi

 

Uchko‘prikda “T” MFY raisi M.M. fuqaro Sh.ga imtiyozli narxlarda uy olib berishni vaʼda qilgan. Uning ishonchiga kirib aldov yo‘li bilan 23,7 million so‘mini qo‘lga kiritgan.

 

Bu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko‘prik tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda maʼlum bo‘lgan.

 

 Umumiy summadan 3 million so‘mini qaytarganligi holati protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Avvalroq, MIB xodimiga bolta ko‘targan mahalla rais jazolangani  hamda Fuqaroga imtiyozli shartlar asosida avtokredit vaʼda qilgan shaxs firibgarlikka qo‘l urgani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyev

Firibgarlik navbati mahalla raisiga: Farg'onada raisga jinoiy ish ochildi | Zamon.uz