Joriy yil savdo korxonalarining soni sezilarli darajaga ortgan
2021-yilning yanvar-oktabr oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016-yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,9 barobarga oshgan.

Bu haqda Davlat statistika qo'mitasi xabar berdi. Unda aytilishicha, joriy yilning oktyabr oyigacha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni 32 085 taga yetgan.
Statistik maʼlumotda 2016-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan davrlar keltirilgan bo‘lib, har bir yilda qancha savdo sohasidagi korxona va tashkilotlar ro‘yxatga olingani ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur yillar kesimida savdo muassasalarining soni quyidagicha keltiriladi:
2016-yilda – 6 590 ta;
2017-yilda – 6 827 ta;
2018-yilda – 9 752 ta;
2019-yilda – 30 639 ta;
2020-yilda – 29 091 ta;
2021-yilda – 32 085 ta.
Avvalroq O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni yil boshidan 301,3 ming kishiga oshgani hamda bozorlardagi narx-navo eʼlon qilingani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







