Jamiyat

Yuqori chirchiq tumanida 4 ta avtomobil va bitta avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Avtohalokatga tumanli ob-havo sharoiti sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Yuqori chirchiq  tumanida 4 ta avtomobil va bitta avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

 

Avvalroq “Rohat"da bir necha ayanchli avtohalokatlar sodir bo‘lmoqda" sarlavhasi ostida xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan YHXBB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Aniqlanishicha, bugun 9-dekabr kuni soat 07:30 larda, Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani hududidan o‘tgan “Toshkent-Olmaliq” avtomobil yo‘lining 36-kilometrida, tumanli ob-havo sharoitida, yo‘lning ko‘rinish masofasi kamligi sababli bir yo‘nalishda oldinma-ketin harakatlanib kelayotgan “Damas”, “Nexia”, “Spark”, “Nexia-3” rusumli avtomobillar hamda “Isuzu” rusumli avtobus ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

 

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar aniqlanmadi.

 

Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan hodisa joyida surishtiruv olib borilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

 

Avvalroq Toshkentda “Gazel” va “Nexia” to‘qnashib ketgani hamda tez yordam avtomobili va “Nexia” ishtirokidagi YTH sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Munojat Valiyeva

Yuqori chirchiq tumanida 4 ta avtomobil va bitta avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi | Zamon.uz