Jahon

Tornadodan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratiladi – Bayden

Ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan Kenttuki shtatida qurbonlar soni yuzga yetishi mumkin.

Tornadodan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratiladi – Bayden

 

AQSH prezidenti Jo Bayden hukumat tornadodan vayron bo‘lgan mamlakatning markaziy hududlariga yordam berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini aytdi, deb yozadi BBC News.

 

Prezident jabrlangan hududlarga yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ ajratishni topshirdi. Shuningdek, u Kentukki shtatida favqulodda holat eʼlon qildi.

 

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, maxsus guruhlar uylari vayron bo‘lgan yoki jiddiy shikastlanganlarga vaqtinchalik uy-joy berishda qo‘shimcha yordam berish uchun yakshanba kuni Kentukkiga boradi.

 

Shtat gubernatori Endi Besharning aytishicha, 189 nafar Milliy gvardiya askarlari qurbonlarni qidirish va tiklanish ishlariga yordam berish uchun jalb qilingan. Meyfild shahrida zavodining tomi qulab tushgan, politsiya bo‘limi, o‘t o‘chirish bo‘limi, turar-joy binolari va maʼmuriy binolar butunlay vayron bo‘lgan. Qurbonlar soni 100 dan oshishi mumkin.

 

Tornado qurbonlari Arkanzas, Missuri, Illinoys shtatlarida ham qayd etilgan.

 

Avvalroq AQSHning Luiziana shtatiga kuchli to‘fon yopirilgan edi.

 

Misrda ikki poyezd to‘qnashdi: 64 kishi jarohatlandi

Misrda ikki poyezd to‘qnashdi: 64 kishi jarohatlandi

Halok bo‘lganlar bor-yo‘qligi hozircha aniqlanmagan.

Rossiya droni Kamishevaxada qutqaruvchilarga hujum qildi: Zelenskiy buni shafqatsizlik deb atadi

Rossiya droni Kamishevaxada qutqaruvchilarga hujum qildi: Zelenskiy buni shafqatsizlik deb atadi

Dron Zaporojjya viloyatida 55 kishi halok bo‘lgan aviazarba oqibatlarini bartaraf etayotgan qutqaruvchilarga hujum qildi.

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Bu qaror parlamentdagi ko‘pchilikni yo‘qotgan amaldagi bosh vazir Benyamin Netanyahuning hokimiyatda qolish imkoniyatlarini yanada murakkablashtirdi.

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari 2027-yilgi prezidentlik saylovlari davrida yuz berishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Rasmiylar yaqin kunlarda yana kuchli zilzilalar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning dengizdagi ta’minot yo‘llariga qo‘yilgan blokadani quruqlikdagi yo‘nalishlarga ham kengaytirmoqda.

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

Chodirlar o‘rniga yig‘ma uylar yetkazib berilishi kerak edi. Biroq Isroil ularni G‘azoga olib kirishga ruxsat bermagan.

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.