Yangi yil bayramida 5 kun dam olinadi
Ish haftasining turidan qatʼi nazar, barcha xodimlarga 2022-yil 3-4 yanvar kunlari dam olish kuni sifatida belgilanishi mumkin.

"Mehnat huquqi” Telegram kanalining xabar berishicha,“2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda 2022 yil 3 yanvar — dushanba, 4 yanvar — seshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanishi kutilmoqda.
Farmon qabul qilinsa, o‘zbekistonliklar Yangi yil bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun (31 dekabrdan 4 yanvargacha) dam oladi.
Jumladan:
2021-yil 31-dekabr (juma) – 2021-yil 10-maydagi PF-6222-sonli prezident farmoniga asosan qo‘shimcha dam olish kuni;
2022-yil 1-yanvar (shanba) – Mehnat kodeksi 131-moddasiga ko‘ra, ishlanmaydigan kun (Yangi yil bayrami);
2022-yil 2-yanvar — yakshanba dam olish kuni;
2022-yil 3-yanvar (dushanba) va 4--yanvar (seshanba) kunlari – qabul qilinishi kutilayotgan farmonga asosan qo‘shimcha dam olish kuni.
Maʼlumot uchun: Xodimning asosiy mehnat huquqlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 16-moddasiga muvofiq, har bir shaxs mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.
Shuningdek, muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik taʼtillar berish orqali taʼminlanadigan dam olish ham qonunda beligilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 19 iyul kuni barcha xodimlar ishdan bir soat erta ketish kerakligi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







