Jamiyat

Umra safari qayta tiklanmoqda

Umra ziyoratlari muddatlari, qo‘shimcha to‘lov miqdori, vaksinatsiya to‘g‘risidagi maʼlumotlar tez orada maʼlum qilinadi.

Umra safari qayta tiklanmoqda

 

COVID-2019 pandemiyasi boshlanishidan avval Umra safari uchun pul to‘lab, navbatda turgan va boshqa fuqarolar uchun tabarruk ziyoratni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

 

Unga ko‘ra, karantin tartiblariga muvofiq mehmonxonalarda ziyoratchilarning xonalarga, avtobuslarda o‘rindiqlarga joylashtirishda oraliq masofa hisobiga 50 foizgacha qisqartiriladi.

 

Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlangan holda tarqatilishi mumkin. Shuningdek, o‘rnatilgan boshqa karantin tartib-qoidalariga rioya etish unchalik katta bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha mablag‘larni talab etishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Umra ziyoratchilari uchun qulaylik yaratilgani, yaʼni ular 14 kunlik navbat kutmasligi hamda Saudiya Arabistonida  haj safari boshlangani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Umra safari qayta tiklanmoqda | Zamon.uz