Jamiyat

Sharоf Rashidovning qizi Svetlana Rashidova vafot etdi

U 70 yoshni qarshilagan edi.

Sharоf Rashidovning qizi Svetlana Rashidova vafot etdi

 

Taniqli olima, jamoat arbobi Svetlana Rashidova Sharofovna 2021-yil 14-dekabr kuni 70 yoshida vafot etdi.

 

Svetlana Rashidova 1952 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Sharof Rashidovning eng kichik farzandi bo‘lgan. Toshkent davlat universitetining roman-german fakultetini tamomlagan. Moskva davlat universitetida chet el adabiyoti fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Toshkent davlat universitetining roman-german fakultetida dotsent lavozimida ishlagan.

 

Svetlana Rashidova Alisher Vohidovga turmushga chiqqan. Turmush o‘rtog‘i bilan birga Nyu-Yorkda yashaga. U 1994 yilda O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi, 1997–2008 yillarda esa O‘zbekistonning BMTdagi elchisi va doimiy vakili lavozimida ishladi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra Svetlana Rashidova O‘zbekistonda dafn etiladi.

Munojat Valiyeva

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"