Jamiyat

Ehtiyot bo’ling: qalbaki pullar tarqalmoqda

Qashqadaryoda soxta pul muomalasi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi.

Ehtiyot bo’ling: qalbaki pullar tarqalmoqda

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari o’tkazilib, muomalada bo’lgan bozordagi soxta pullar fosh qilingan.


Ma’lum bo’lishicha, «M» MCHJ mol bozorida 2 bosh qo‘ylarini sotish evaziga o‘ziga notanish bo‘lgan shaxslardan olgan 2,1 mln so‘m pullardan 100 ming so‘m kupyuradagi 20 donasi qalbaki ekanligi aniqlangan.


Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Ehtiyot bo’ling: qalbaki pullar tarqalmoqda | Zamon.uz