Jahon

Jozef Vaysberg: AQSH Rossiyaga "yovuz imperiya" sifatida qarashini bas qilishi zarur!

AQSH markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Jozef Vaysbergning so‘zlariga ko‘ra, Vashington hamon “ikkilik” dunyoqarashga amal qiladi va Moskvani “yovuz imperiya” sifatida ko‘radi.

Jozef Vaysberg: AQSH Rossiyaga "yovuz imperiya" sifatida qarashini bas qilishi zarur!

 

“Amerikalik siyosatchilarning Moskva bilan munosabatlari haqidagi qarashlari o‘tmishda qolib ketgan. O‘shanda Qo‘shma Shtatlar o‘zini "axloqsiz raqibning yaxshi qurboni" sifatida ko‘rsatgan edi”, - dedi Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) sobiq agenti, yozuvchi va “Amerikaliklar” teleseriali yaratuvchisi Jozef Vaysberg.

 

Bu haqida The Washington Post‘ga tayanib Lenta.ru xabar tarqatmoqda.

 

Sobiq agent Moskvaning Ukrainaga qarshi go‘yoki “tajovuzkorligi” haqidagi G‘arbning ayblovlarini sovuq urush davri bilan solishtirgan.

 

“Ana shundan so‘ng AQSH hukumati o‘z fuqarolariga Sovet Ittifoqini salbiy ruhda tanishtira boshladi”, - deydi sobiq razvedka xodimi Vaysberg.

 

Maʼlumot uchun, Vaysber taxminan 20 yil davomida "sovuq urushning qatʼiy jangchisi" bo‘lgan. Biroq uning aytishicha, garchi Amerika tarafida bo‘lsa ham, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar haqida ko‘p narsalarni qayta o‘ylab ko‘rgan.

 

“Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning Kremldagi do‘stlari barqaror, munosib va insonparvar. Ular demokratiyamizga tahdid soluvchi yovuz odamlar ekaniga ishonmayman”, — deya qo‘shimcha qilgan u The Washington Post‘ga bergan intervyusida.

 

Sobiq razvedka xizmati xodimining aytishicha, AQSHning o‘zi aslida adolatsizlik qilgan.

 

“So‘nggi yillarda Vashington Sobiq Ittifoq respublikalarining “Yevropa integratsiyasi” uchun juda ko‘p saʼy-harakatlar qildi. Buning natijasida esa Latviya, Litva va Estoniya NATOga kiritilgan. Shundan so‘ng esa Amerika o‘z qurollarini ushbu davlatlar hududida joylashtirishni boshladi. Keyingi bosqichda Qo‘shma Shtatlar Moskvaga qarshi ko‘plab sanksiyalarni qabul qildi. Bu qadamlarning barchasi tahdid sifatida ko‘rish mumkin bo‘lgan tajovuzkor harakatlar edi. Buni har qanday aqli raso shaxs yoki davlat anglay oladi”.

 

Jozef Vaysberg Oq uy Moskvani dushman sifatida ko‘rishni bas qilishi kerakligini taʼkidlar ekan, barchasini ortga tashlagan holda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojarolarning oldini olishga chaqirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar cheklov choralarini bekor qilishi va Rossiyaning ichki ishlariga aralashmasligi kerak.

 

“Ishonchim komilki, bu holatga Moskva ham ijobiy javob beradi”, - degan sobiq razvedka xizmati xodimi.

 

Avvalroq AQSH va Rossiya muhim yo‘nalishda muzokara olib borayotgani maʼlum qilingandi.

 

Olamgir Abdiyev

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Qutqaruv ishlari 48 soat davom etgan.

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Migratsiya qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi.

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

Amerika rasmiylari hujumni mudofaa chorasi sifatida ta’riflagan.

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

Muzokaralar 10-11-noyabr kunlari Abu-Dabida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.