Oqdaryo tumanida joylashgan tamaddixonalardan birida kuchli portlash sodir bo‘ldi
Portlash bugun, 19 dekabr kuni soat 14:20 lar atrofida bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, hodisa oqibatida 10 kishi jarohat olgan va kasalxonaga olib ketilgan.
To‘liq maʼlumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisa Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Navro‘z” MFY A.Temur ko‘chasida joylashgan “Lazzat” oshxonasida sodir bo‘lgan. Portlashga 2 ta propan gaz balloni sabab bo‘lgan.
“Chaqnash natijasida oshxonaning taxminan 40 kv.m. maydonida shift qismi va jihozlar yongan”, - deb yoziladi FVV xabarida.
Avvalroq Denovda sodir bo‘lgan yong‘inda vayronalar ostidan bir nafar fuqaroning jasadi topilgani hamda Navoiyda gaz quyish shaxobchasi portlagani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







