Jamiyat

Qibraydagi temiryo'l bekatida litsey talabasi vafot etdi

Uning o'limiga kuchli toklanish sabab bo‘lgan.

Qibraydagi temiryo'l bekatida litsey talabasi vafot etdi

 

Toshkent viloyatining Qibray tumanida vagon ustiga chiqqan litsey talabasi tok urishidan halok bo‘ldi. Bu haqda Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta'minlash departamenti xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, IIV 2-son Toshkent akademik litseyining 3-kurs talabasi bo'lgan Z.J.ni Qibray tumanida joylashgan “Oqqovoq” temiryo'l bekatining 21-kilometrida vagon ustiga chiqishi oqibatida yuqori kuchlanishdagi tok urgan va voqea joyida vafot etgan.

 

20-dekabr kuni u o‘qigan litseyda mazkur baxtsiz hodisa muhokamasi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda o‘quvchilarga temiryo‘lda harakatlanganda vagon ustiga chiqmaslik, temiryo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmaslik, temiryo‘l atrofida quloqchinlardan foydalanmaslik va temiryo‘l hududi o‘ta xavfli hudud ekanligi haqida tushunchalar berilgan.

 

Avvalroq Nukusda ijarada yashayotgan talabaning is gazidan zaharlanib, vafot etgani xabar qilingandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"