Sport

“PSJ” Messining millionlab futbolkalarini sotdi

“PSJ”: “Messi orqali yaxshigina daromad oldik”.

“PSJ” Messining millionlab futbolkalarini sotdi

 

“PSJ” Lionel Messining transferidan yaxshi pul ishlab oldi. Klub ma'lumotlariga ko‘ra, hujumchi jamoa tarkibiga qo‘shilganidan so‘ng  futbolkalar savdosi 30-40 foizga oshgan. Hozirgacha orqasiga Messining nomi yozilgan millionlab futbolkalar  sotilgan. Aytish joizki, agar koronavirus pandemiyasi tufayli ishlab chiqarishdagi kechikishlar bo‘lmaganida, bu ko‘rsatgichlar yana-da  yuqoriroq bo‘lishi mumkin edi.

 

"Messi — ajoyib boylik. Tijoriy nuqtai nazardan, uning taʼsirini ortiqcha baholash qiyin. Biz  o‘tgan yilgiga qaraganda ko‘proq futbolka sotdik. Talab kamida 30-40 foizga oshdi. Ha, talab katta. Agar biz ko‘proq futbolkalarni chiqara olsak, undan ham ko‘proq sotar edik”, - deya iqtibos keltiradi “Goal.Com” nashri “PSJ” homiylik shartnomasi direktori Mark Armstrongdan.

 

Avvalroq “Barselona” hujumchisi Usmon Dembele klub bilan shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘lgani va kataloniya klubi transferlar uchun mablag‘ izlayotgani haqida xabar qilingandi.

 

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.