O'zbekiston

Buxoroda Milliy gvardiya xodimi xizmat vaqtida vafot etdi

Hozirda aybdorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Buxoroda Milliy gvardiya xodimi xizmat vaqtida vafot etdi

 

Buxoro viloyatida 20-dekabr kuni Milliy gvardiya xodimi xizmat vaqtida mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda O‘zA axborot agentligi xabar qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi safdor xodimlari H.A. va N.O. o‘ziga biriktirilgan hududda xizmatga jalb qilingan. Ular 20 dekabr soat 05:15 atrofida Gazli Neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Qumli GTK mobil» yo‘nalishinng 34—42-kilometridagi yo‘nalishni qo‘riqlash uchun «Niva» avtomobilida qo‘riqlanadigan hududga boradi.

 

Xodimlar xizmat vaqtida yo‘nalish quvurining taqiqlangan qismidan «UAZ» avtomashinasi harakatlanib kelayotganini ko‘rgan va unga to‘xtash ishorasini ko‘rsatgan. Haydovchi, Qorako‘l tumani «Kuydim» mahallasida yashovchi A.A. xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmay harakatlanishni davom ettirgan va Milliy gvardiya safdori H.A.ni avtomashinaning old qismi bilan qasddan urib yuborgan. Qonunbuzar fuqaro qochib ketgan, xodim esa og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

 

Holat yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «g» (xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni qasddan o‘ldirish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"