O'zbekiston

“Amirsoy Ekspress” ishga tushdi

Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida yangi “Amirsoy Ekspress” dor yo‘li rasman ishga tushirildi.

“Amirsoy Ekspress” ishga tushdi

 

Uning ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etdi. Shuningdek, Turizm va sport vazirligi tomonidan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur ham tashkil etildi.

 

Gondola toifasiga kiruvchi mazkur dor yo‘li dunyo miqyosida mashhur ishlab chiqaruvchi - “Doppelmayr” kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Zamonaviy dizayn, innovatsion xavfsizlik komponentlari va eng yuqori sifatli po‘lat uskuna dam olish maskaniga tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik va xavfsizlikni kafolatlaydi. Salonlarning panoram oynalari yo‘lovchilar oldida o‘ziga xos aylanma ko‘rinish hosil qilib, ularga o‘zlarini tabiat bilan hamnafasdek his qilish imkonini beradi.

 

“Amirsoy Ekspress” tashrif buyuruvchilarni avtomobil yo‘lidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kurort hududiga yetkazib qo‘yadi, bu esa uzoq masofali tog‘ yo‘lini chetlab o‘tib, haydovchilar uchun 5 kmga qisqartiradi. Uning umumiy uzunligi 2913 metr bo‘lib, soatiga 2400 kishini tashish quvvatiga ega. Sayohat vaqti 9 daqiqani tashkil etadi.

 

Dor yo‘lining to‘siqsiz dizayni bolalar aravachalari, nogironlar aravachalari yoki sportning qishki turlari bilan shug‘ullanish uchun muqobil qishki sport jihozlarini tashishni osonlashtiradi. Dam olish maskaniga tashrif buyuruvchilar va “Amirsoy Ekspress” yo‘lovchilariga qulaylik yaratish maqsadida bepul avtoturargoh tashkil etilgan.

 

Avvalroq, maxsus “Call-markazi” ishga tushirilgani va farmasevtika tarmog‘idagi loyihalar ko‘rib chiqilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva qizlar ta’limi, ayollar tadbirkorligi va bolalar xavfsizligini ta’minlashga doir takliflarni bildirdi.

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi islohotlar Google Pay’ning mamlakatda ishga tushishiga yo‘l ochganini ta’kidladi.

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

Koreya bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida O‘zbekistonda ekologik toza qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Ayolning o‘limi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

Eng ko‘p mablag‘ Buxoro va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar o‘rnatgan foto va video qayd etish tizimlariga xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlashga ruxsat berildi.

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Ayrim kuzatuv nuqtalarida ifloslanish darajasi “juda nosog‘lom” ko‘rsatkichga yetdi.

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Rossiyada qiyin vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilmoqda.