O'zbekiston

Sharmandalikdan qutilish uchun farzandini sotgan ayolga sud xukmi o‘qildi

Uning “biznesiga” o‘z onasi sherik bo‘ldi.

Sharmandalikdan qutilish uchun farzandini sotgan ayolga sud xukmi o‘qildi

 

Nazokat Bo‘riyeva  O‘zbekistonda topayotgan  pulidan qanoatlanmay xorijga ish izlagani ketadi. Qizi  Sitorani esa yaqinlariga ishonib topshirib ketadi.  Xorijdan qaytgach hali turmush qurmagan  qizining xomilador ekpnligini payqaydi.  Yolg‘iz nazoratsiz tashlab ketganiga afsus chekadi.  Sharmandalikdan qutilish maqsadida qizini Sirdaryoga yashaydigan  tanishining uyiga  jo‘natadi.

 

Sitora O‘lmasjonova tug‘ruqxonada ko‘zi yorishidan ikki-uch kun oldin Shohsanam ismli ayol bilan tanishib qoladi. Suhbat asnosida Sitora yangi tanishiga tug‘ilajak farzandini 3 ming 200 AQSH dollariga sotish niyatida ekanini aytadi. Odam topib berishni so‘raydi.

 

Shunda Shohsanam ona-bolaning noqonuniy xatti-harakatlariga qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmasiga ariza bilan murojaat qiladi.

 

Bundan bexabar Sitora tug‘uruqxonadan chiqishayotganini aytib, Shohsanamga qo‘ng‘iroq qiladi. Tug‘uruqxonaga yetib borgan Shohsanam ularni o‘zining xonadoniga olib boradi.

 

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Shohsanaming dugonasi  Shoira kelishilgan pulni olib keladi. N.Bo‘riyeva Shohsanamdan 3 ming 200 AQSH dollarini sanab oladi. Kelishuvga ko‘ra, Sitora fuqaro Sh. Inomovaga o‘z xohishi bilan bolasini topshirgani va buning evaziga 3 ming 200 AQSH dollar miqdoridagi pullarni olgani, kelgusida daʼvo qilmasligini bayon etib, tilxat yozib beradi. Tilxatga Sitora bilan birga onasi N.Bo‘riyeva ham imzo qo‘yadi.

 

Chaqaloqni jabrlanuvchilarga topshirgan bolafurushlar uydan chiqishi bilan qo‘lga olindi va ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Voyaga yetmagan Mohina O‘lmasjonova "Bolalar uyi"ga topshirildi.

 

Sudlanuvchilar N.Bo‘riyeva va S.O‘lmasjonovani Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

 

Munojat Valiyeva

 

custom img

“Bu yerdan inson o‘z tarixini yanada chuqurroq anglagan holda chiqadi” — dedi Ozod Soliyev

AQShdagi Vatan Global Alliance raisi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning ekspozitsiyalari va ko‘lamiga yuqori baho berdi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"