Bayram kunlarida xodimni ishga jalb qilish uchun shartnoma tuzilgan bo‘lishi zarur
Maʼlumot uchun, bayram, yaʼni ishlanmaydigan kunlar arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Xodimlarni shu kunlari ish beruvchining farmoyishi bo‘yicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida belgilangan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi. Agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishiladi.
Shuningdek, ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko‘ra ishni to‘xtatib turish mumkin bo‘lmagan joylarda bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo‘l qo‘yiladi. Bunday ish va ish joylariga aholiga xizmat ko‘rsatish zarurati bo‘lgan ishlar, kechiktirib bo‘lmaydigan taʼmirlash va yuk ortish-tushirish ishlari kiradi.
Agar xodim dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilinsa, unda uning xizmati uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi zarur.
Avvalroq bayram kunlari Toshkent jamoat transporti harakati bir soatga uzaytirilishi hamda Yangi yil bayramida 5 kun dam olinishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







