O'zbekiston

Sputnik: Toshkent va Kobul “Surxon-Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi qurilishini qayta tiklashni muhokama qildi

Tolibon va Afg‘onistonning DABS energetika kompaniyasi vakillari 25-30 dekabr kunlari mamlakatimiz poytaxtida bo‘lishgan.

Sputnik: Toshkent va Kobul “Surxon-Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi qurilishini qayta tiklashni muhokama qildi

 

Bu haqida “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmatiga tayanib Sputnik Afganistan xabar tarqatdi.

 

Unda aytilishicha, 260 km. 500 kV "Surxon - Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasini qurish bo‘yicha shartnoma 2017 yil dekabr oyida imzolangan.

 

Mazkur loyihada O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmini 70 foizga, yiliga esa 6 milliard kVt/soatgacha oshirish mo‘ljallangan.

 

Uni tadbiq etish muddati 2 yil bo‘lib, ayni vaqtda 45 kilometrlik O‘zbekiston uchastkasining qurilishi allaqachon yakunlangan.

 

Loyihaning narxi taxminan 150 million AQSH dollari bo‘lib, 2020 yil oktyabr oyida Osiyo taraqqiyot banki Kobulga loyihani amalga oshirish uchun 110 million dollar ajratgan.

 

Mablag‘larning asosiy qismi loyiha bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshiriladigan qurilish ishlariga sarflanishi rejalashtirilgan edi. Afg‘onistondagi mojaroli vaziyat tufayli loyiha ishlari vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Avvalroq O‘zbekiston “Tolibon” bilan kelishuv asosida 150 qochqinni Afg‘onistonga qaytargani hamda mamlakatimiz Afg‘onistondan yana 400 nafarga yaqin qochqinni qabul qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"