0

Tojikistonga O‘zbekistondan avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston — Tojikiston — Xitoy transport koridori ham rivojlantiriladi.

Tojikistonga O‘zbekistondan avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda

 

O‘zbekiston Transport vazirligida xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha o‘zbek-tojik qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda mamlakatlar o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

 

Yig‘ilishda tomonlar, shuningdek, koronavirus pandemiyasi sabab bugungi kunda to‘xtab qolgan avtobus qatnovlarini qayta tiklash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashdi.

 

“O‘zbekiston — Tojikiston — Xitoy” transport koridorini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 

 

Maʼlumot uchun: O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi avtobus qatnovi 26 yillik tanaffusdan so‘ng 2018-yilning 15-mayidan boshlab tiklandi. Ammo 2020-yil 16-martdan koronavirus pandemiyasi sababli avtomobil qatnovi cheklandi. 1-sentyabrdan boshlab esa cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlana boshlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Afrosiyob” poyezdi harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritilgani hamda "Uzbekistan Airports"  xorijiy aviakompaniyalar uchun tariflarni pasaytirilishi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Tojikistonga O‘zbekistondan avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda