0

Yulduz Usmonova sudda yana yutqazdi

Appelyassiya sudida xonanda Yulduz usmonova shoir Yo‘lchi Ro‘ziyevga yutqazdi.

Yulduz Usmonova sudda yana  yutqazdi

 

 Yulduz Usmonovaga 2021-yil 29-oktabr kunidan boshlangan va dekabr oyida ikki marotaba, bundan tashqari 11-yanvar kuni xonanda tomonidan keltirilgan dalillar va guvohlar tinglangan sudning 18-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tumani fuqarolik sudida o‘qilgan so‘ngi qarori birinchi sud hukmi belgilab bergan hukmni (jarimani) o‘zgartirmadi.

 

Shoirning taʼkidlashicha sud jarayonlaridagi xonandaning barcha dalillari va hattoki guvohlari ham qalbaki va soxta edi.

 

Bundan tashqari, shoir xonandani biror marotaba sud jarayonlarida shaxsan qatnashmaganini qo‘rqoqlikka yo‘yib, xonandani aybidan uyalgani uchun ommaga ko‘rinish bera olmaganini aytdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Yulduz Usmonova va shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev o‘rtasidagi 29 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan sudda qabul qilingan hal qiluv qaroriga asosan shoir Yo‘lchi Ro‘ziyevning daʼvo arizasi qisman qanoatlantirilib, Yulduz Usmonovadan daʼvogar Yo‘lchi Ro‘ziyevga 50 000 000 so‘m maʼnaviy zarar uchun kompensasiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (jami 186 million so‘m) miqdorida yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan edi.

 

Maʼlumot uchun: hech qaysi sud jarayonlarida xonanda Yulduz Usmonova shaxsan qatnashmagan, uning o‘rniga xonandaning ishonchli vakili ishtirok etgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yulduz Usmonova va shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev yana “sud oktagoni”ga ko‘tarilgani hamda Yulduz Usmonova sudda yutqazdi. U shoirga 185 million so‘m to‘lashi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Yulduz Usmonova sudda yana yutqazdi