Jahon

AQSH Shimoliy Koreya bilan hech qanday shartlarsiz muhokama o‘tkazishga tayyor

Muhokama mavzusi Koreya yarim orolini yadrosizlantirishdir.

AQSH Shimoliy Koreya bilan  hech qanday shartlarsiz muhokama o‘tkazishga tayyor

 

Qo‘shma Shtatlar Koreya yarim orolini yadrosizlantirish bo‘yicha KXDR bilan muzokaralar olib borishga tayyor. Bu haqda AQSH Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Jon Kirbi Fox News telekanali orqali maʼlum qildi.

 

“Biz Koreya yarim orolini yadrosizlantirish, shuningdek, Pxenyan bilan muzokaralar olib borish tarafdorimiz”, — dedi Kirbi.

 

Uning eslatishicha, Qo‘shma Shtatlar hech qanday dastlabki shartlarsiz Shimoliy Koreya bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyor. Ayni vaqtda Vashington Yaponiya va Janubiy Koreya bilan Pxenyanning raketa uchirishlariga javob berish variantlarini muhokama qilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR navbatdagi raketani uchirganidan keyin, Yaponiya Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilish chaqirgan edi. Ballistik raketa taxminan 800 kilometr masofani bosib o‘tgan va maksimal parvoz balandligi ikki ming kilometrga yetgan.

 

Avvalroq Iroq va Suriyada ISHID xavfi yuqori ekanligi haqida xabar berilgandi.

 

Nasiba To`xtayeva

Kapadokiyada qoyalar quladi: uch kishi halok bo‘ldi

Kapadokiyada qoyalar quladi: uch kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlarning ikki nafari Turkiya fuqarosi, biri esa xorijlik bo‘lgan.

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Mamlakatning sharqiy sohilida siklon ortidan elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevrokomissar inqiroz sharoitida yoqilg‘i ishlab chiqarishni tez oshirish va zarur zaxiralarni shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, u avval ham hujum va talonchilik bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sudlangan.

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Bu Pxenyanning oktyabr oyidagi uchinchi raketa uchirishi bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Bu baza Turkiyaning Qatardagi harbiy inshootiga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Poyezdlar to‘qnashuviga temir yo‘l signalizatsiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

Yangi harbiy kampaniya Tehronning harbiy salohiyatini zaiflashtirish va uni muzokaralarga qaytarishga qaratilishi mumkin.