Sport

Ajoyib nokautlar va hayajonli janglar namoyish etishga tayyorman – Shohjahon Ergashev

Sportchi professional boksga qaytmoqda.

Ajoyib nokautlar va hayajonli janglar namoyish etishga tayyorman – Shohjahon Ergashev

 

Joriy yilning 24-yanvar kuni Shohjahon Ergashev boksdagi faoliyatini yakunlab, o‘zini boshqa sohada sinab ko‘rmoqchi ekanligini aytgandi. 

 

1-fevral kuni Shohjahon bilan sudlashayotgan "Salita" promouterlik kompaniyasi Instagram tarmog‘idagi sahifasida Ergashevning navbatdagi jangiga shama qilingan posterni e’lon qildi. Mazkur posterga bokschi “Endi shoshmay turinglar”, deya sharh berib, uni qayta ulashdi.

 

Shohjahon Ergashev esa buni quyidagicha izohlagan:

"O‘zimni juda ilhomlangan his qilyapman va ringda ustunlik qilishga tayyorman. Salita Promotions bilan kelishuvimiz ikkala tomon uchun ham foydali va samarali bo‘ldi, faoliyatimni davom ettirishdan mamnunman. 

 

Amerikalik muxlislarimni sog‘indim, yana bir bor ringda kuch va mahoratimni ishga solib, ajoyib nokautlar hamda hayajonli janglar namoyish etishga tayyorman".

 

Ma’lumot uchun: Shohjahon Ergashev prof boksda jami 21 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 19 ta jangda raqiblarini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

 

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.