Jahon

NATO Rossiyani yangi muloqotga chaqirdi

Tashkilotga ko'ra, Аlyans Ukrainani qoʻllab-quvvatlaydi, ammo Rossiyaga tahdid qilish niyati yo'q.

NATO Rossiyani yangi muloqotga chaqirdi

 

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya tashqi ishlar vazirligiga Rossiya-NATO kengashining yangi yig‘ilishini o‘tkazish taklifi bilan murojaat qildi. 

 

"Bugun ertalab men Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga maktub yo'lladim. Rossiya-NATO kengashi yig'ilishlarining davom etishi o'zaro ishonch uchun muhim", - degan Stoltenberg.

 

U “diplomatik yo‘lni topish” muhimligini ta’kidlagan.

 

“Biz Rossiya xavotirlarini tinglashga  va Yevropa xavfsizligining asosiy tamoyillarini mustahkamlashni muhokama qilishga tayyormiz. Lekin NATO asosiy tamoyillar – har bir davlatning o‘z yo‘lini tanlash huquqi bo‘yicha murosaga kelmaydi”, - degan bosh kotib.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Ukraina bilan chegarada o‘z harbiy kuchlarini mustahkamlashda davom etmoqda.

 

Xabarda aytilishicha, alyans Ukrainani  qoʻllab-quvvatlaydi, ammo Rossiyaga tahdid qilish niyati yo'q.

 

O‘z navbatida, Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, Britaniya “oldinga borishga” va Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini istisno etmadi.

 

Avvalroq Rossiya prezidenti Turkiyaga tashrif buyurishi mumkinligi xabar qilingan edi.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.