Sport

Finlar Olimpiyadada birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi

Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarining yettinchi kun bellashuvlari davom etmoqda.

Finlar Olimpiyadada birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi

 

Hozirga kelib, kunning 5 dasturida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Dastlab snoubord bahslarida yaponiyalik Ayumu Xirano g‘alaba qozongan bo‘lsa, tog‘ chang‘isi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi super gigant yo‘nalishida shveysariyalik Lara Gut-Behrami eng yaxshi natijani qayd etdi. Eʼtiborlisi, shu paytgacha Ayumuda Olimpiadaning 2 ta kumush, Larada esa 2 ta bronza medallari bor edi. Bugun ular uchinchi bor ishtirok etayotgan Olimpiya o‘yinlarida chempionlikni qo‘lga kiritishdi. 

 

Shuningdek, bir oz avval yakuniga yetgan chang‘i poygasi bo‘yicha 15 kmli poygada finlar Pekindagi dastlabki oltin medaliga ega bo‘ldilar. Iivo Niskanen murosasiz poygada o‘zining Olimiadalardagi uchinchi oltin medalini rasmiylashtirdi. Shu va boshqa yo‘nalishlardagi natijalar:

 

Snoubord. Erkaklar, xafpayp

1. Ayumu Xirano (Yaponiya)

2. Skotti Jeyms (Avstraliya)

3. Yan Shirer (Shveysariya)

 

Tog‘ chang‘isi. Ayollar, super-gigant

1. Lara Gut-Behrami (Shveysariya)

2. Miryam Puxner (Avstriya)

3. Mishel Gizin (Shveysariya)

 

Chang‘i poygasi. Erkaklar, klassik yurish (15 km)

1. Iivo Niskanen (Finlyandiya)

2. Aleksandr Bolshunov (ROQ)

3. Yoxannes Klebo (Norvegiya)

 

Biatlon. Ayollar, sprint.

1. Marte Roiseland (Norvegiya)

2. Elvira Oberg (Shvetsiya)

3. Doroteya Virer (Italiya)

 

Konkida yugurish. Erkaklar, 10 000 metr:

1. Nils van der Poyel (Shvetsiya)

2. Patrik Royest (Niderlandiya)

3. Davide Jiotto (Italiya).

 

Avvalroq, yettinchi kunda yettita medallar jamlanmasi o‘ynalishi va yozgi Olimpiya o‘yinlariga o‘zgartirish kiritilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"