Sport

“U osiyolik raqiblaridan yuqori natija qayd etishiga ishonaman”

Komiljon To‘xtayevning murabbiyi u haqda fikr bildirdi.

“U osiyolik raqiblaridan yuqori natija qayd etishiga ishonaman”

 

Qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan hamyurtimiz Komiljon To‘xtayev ertaga ishtirokini boshlaydi.  Sportchimiz so‘nggi tayyorgarlik jarayonini italiyalik murabbiyi Mattia Jianessi bilan olib bordi. Jianessi Komiljon To‘xtayevning bo‘lajak starti oldidan quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

 

“Bir necha kun davomida Komiljon bilan Olimpiada startiga tayyorlandik. Haqiqatdan ham, trassa juda murakkab. Avvalgi dasturda bir nechta favoritlarning finishga yetib kela olmaganiga ham guvoh bo‘ldik. Biroq biz oldimizga aniq maqsad qo‘yganmiz va unda eng yaxshi natijamizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Yevropaliklar medalni qo‘lga kiritishda yetakchilik qilishi turgan gap. Biz ularga keskin raqobat tug‘dirishga harakat qilamiz. Komiljondan osiyolik raqiblaridan yuqori natija qayd etishiga ishonaman”.

 

Eslatib o‘tamiz, ertaga Komiljon To‘xtayev gigant slalom dasturida o‘z chiqishini boshlaydi. Hamyurtimizning dastlabki starti Toshkent vaqti bilan 07:15 da boshlanadigan dasturga to‘g‘ri keladi.

 

Avvalroq, finlar Olimpiadada birinchi oltin medalni qo‘lga kiritgani va qishki Olimpiya o‘yinlarining saralash bellashuvlari boshlangani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"