0

Endi “dekret”ga chiqqan ayollarga ish staji ko‘proq hisoblanadi

3 yillik muddat ikki barobarga oshiriladi.

Endi “dekret”ga chiqqan ayollarga ish staji ko‘proq hisoblanadi

 

Bolani parvarishlash taʼtilining ish stajiga qo‘shiladigan davri 6 yil etib belgilandi. Bu haqda Mehnat kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida Prezident farmoni imzolandi.

 

Bunga qadar Mehnat kodeksining 234-moddasi beshinchi qismiga ko‘ra  ayollarning bolani parvarishlash taʼtilidagi vaqti mehnat stajiga qo‘shilardi, biroq hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 3 yil qo‘shilardi, xolos.

 

Masalan, ayol xodim pensiya yoshiga to‘lgunga qadar 4 nafar farzand ko‘rdi va ularning har birini parvarishlash uchun jami 8 yil (har bir bola uchun o‘rtacha 2 yildan) taʼtil oldi.

 

Avvalgi tartibga ko‘ra, mana shu 8 yilning bor-yo‘g‘i 3 yili mutaxassisligi bo‘yicha, shuningdek pensiyani hisoblashdagi ish staji sifatida qabul qilinar edi. Qolgan 5 yili stajga o‘tmasdi. Yangi qonunda mana shu 3 yillik muddat 6 yil etib belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"