O'zbekiston

Hokim yordamchilariga oid yangi nizom tasdiqlandi

“Onlayn mahalla” elektron platformasiga qarab, ularga ish haqining 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

Hokim yordamchilariga oid yangi nizom tasdiqlandi

 

Hukumatning 16-fevral kungi qarori bilan Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Unga ko‘ra, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Jamg‘armaning ijrochi organi hisoblanadi.

 

Jamg‘arma mablag‘laridan, jumladan, quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

 

– hokim yordamchilari ish haqining avvalgi ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo‘lgan qismini kompensasiya qilish;

 

– boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilari va respublika vakillari uchun turar joy ijarasi xarajatlari uchun kompensasiya to‘lash (BHMning 2 baravari miqdorida – 540 ming so‘m);

 

– ish faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan hokim yordamchilari va respublika vakillarini har oyda mukofotlash;

 

– o‘z shaxsiy avtomobilidan foydalanayotgan respublika vakillarining transport xarajatlarini kompensasiya qilish;

 

– respublika vakillarining bir oyda bir marta doimiy yashash joyiga temir yo‘l transportida borib kelishi uchun kompensasiya to‘lash (“ekonom” tarifi bo‘yicha xarajatlarning 100 foizi, “biznes” tarifi bo‘yicha xarajatlarning 70 foizi (samolyotda uchish bundan mustasno);

 

– yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan respublika vakillariga va hokim yordamchilariga ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilish uchun subsidiya to‘lash (uy-joy qiymatining 50 foizigacha, biroq 150 million so‘mdan oshmagan miqdorda);

 

– “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlanganlarni taqdirlash (BHMning 5 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti – 1 mln 350 ming so‘m).

 

Nizomga ko‘ra shuningdek, hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish va baholab borish imkonini beruvchi “Onlayn mahalla” elektron platformasiga qarab quyidagi miqdorlarda oylik mukofot puli to‘lanadi:

 

– qoniqarli deb topilganda – oylik ish haqining 15 foizi miqdorida;

– yaxshi deb topilganda – oylik ish haqining 30 foizi miqdorida;

– a’lo deb topilganda – oylik ish haqining 50 foizi miqdorida.

 

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"