Jahon

Afg‘onistondan Tojikistonga narkotiklar kirib kelishi keskin oshdi

Shu munosabat bilan afg‘on-tojik chegarasini kuchaytirish taklif qilingan.

Afg‘onistondan Tojikistonga narkotiklar kirib kelishi keskin oshdi

 

Tojikistonda 2021 yilda Afg‘oniston orqali kirib kelgan 4 tonna giyohvand modda musodara qilingan.

Bu haqda Tojikiston giyohvand moddalar nazorati agentligi direktori Xabibullo Vohidzoda maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 68.45 foizga ko‘p. 2021 yilda Afg‘onistonda jami 320 tonna geroin yetishtirilgani qayd etildi.

 

Voxidzoda chegarani kuchaytirishni taklif qilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad faqat narkotiklar kontrabandasini to‘xtatish emas, balki qurol kirib kelishining ham oldini olish.

 

Tojikiston yaqin vaqt ichida bu masalani donor davlatlari bilan muhokama qilmoqchi.

 

Maʼlumot o‘rnida: “Tolibon” harakati hokimiyatni egallagandan keyin Afg‘onistonda giyohvand moddalar yetishtirishni butunlay yo‘q qilishga vaʼda bergan. Ammo ekspertlar bunga ishonchsizlik bilan qaramoqda. Ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, toliblar daromadining katta qismi narkotiklar savdosidan keladi. BMT bu 400 million dollar atrofida ekanini maʼlum qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonning AQSHdagi elchisi lavozimidan ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Jahongir Qo‘ziyev 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"