0

Har yili 80 ming nafar xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitiladi

Shuningdek, keyingi 5 yilda 1 million ishsiz fuqaroning bandligi taʼminlanadi.

Har yili 80 ming nafar xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitiladi

 

Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi:

 

— Joriy yilda 185 ming ishsizni doimiy ish o‘rinlariga, 192 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladi;

— migratsiya sohasida 50 ming nafar xorijga ketmoqchi bo‘lgan fuqaro kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitiladi;

— 21 ming nafar fuqaroga xorijiy davlatlarda tan olinadigan malaka sertifikatlarini olish, yo‘l chiptasini xarid qilish, rivojlangan davlatlargi ishchi vizasini olish uchun subsidiya ajratiladi;

— 12 ming nogironligi bor shaxsning bandligiga ko‘maklashiladi. Nogironligi bor shasxlarni ishga olgan korxonalar uchun 25 milliard so‘m subsidiya ajratiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"