Jahon

Vashington Kiyevga shoshilinch harbiy yordam ajratdi

Bayden bu borada maxsus memorandum imzolagan.

Vashington Kiyevga shoshilinch harbiy yordam ajratdi

 

AQSH prezidenti Jozef Bayden davlat kotibi Entoni Blinkenga Ukrainaga darhol harbiy yordam berishga topshiriq berdi. Bu haqda Oq uy maxsus hujjat ishlab chiqqan.

 

Unga ko‘ra, Vashington Ukrainaga 350 million dollarlik mudofaa vositalari va mudofaa vazirligi xizmatlarini yetkazib berishi kerak. Shu bilan birga, harbiy taʼlim va tayyorgarlik masalasida ham ko‘mak berish ko‘zda tutilgan.

 

Keyinchalik qo‘shimcha 250 millionlik qurol va xizmatlar ham yetkazib berilishi mumkin.

Maʼlumot o‘rnida: Rossiya 24 fevral kuni Ukraina sharqida maxsus operatsiya o‘tkazishni boshladi. Hozirda Ukrainaning ko‘plab harbiy obyektlariga aviazarbalar berilgan. RF mudofaa vazirligi ukrain armiyasining havo-hujumiga qarshi tizimlari to‘liq ishdan chiqqanini maʼlum qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq so‘nggi ikki kunda 50 ming ukrainalik vatanini tark etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Viza dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Germaniya va Ukraina jangovar robot ishlab chiqdi: u frontda harbiylar o‘rniga jang qilishi mumkin

Germaniya va Ukraina jangovar robot ishlab chiqdi: u frontda harbiylar o‘rniga jang qilishi mumkin

Texnikaning dastlabki namunalari yil oxirigacha Ukraina armiyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Bosniyada harbiy vertolyot quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Bosniyada harbiy vertolyot quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Yevropa Ittifoqining tinchlikparvar kuchlariga tegishli vertolyot o‘quv parvozi vaqtida qulagan.

Sun’iy intellekt pul ishlash uchun kripto-birjalarni buzishi mumkin — Ilon Mask

Sun’iy intellekt pul ishlash uchun kripto-birjalarni buzishi mumkin — Ilon Mask

Ilon Mask Binance kripto-birjasiga qilingan xakerlik hujumi ortidan sun’iy intellektning kelajakdagi imkoniyatlari va xavflari haqida fikr bildirdi.

Rossiya turkiy davlatlar tashkilotiga qo‘shiladimi? Toqayev taklif bilan chiqdi

Rossiya turkiy davlatlar tashkilotiga qo‘shiladimi? Toqayev taklif bilan chiqdi

Anqarada o‘tgan TDT sammitida Qozog‘iston prezidenti Rossiyani tashkilotga kuzatuvchi sifatida taklif qilish tashabbusini ilgari surdi.

Afg‘onistonda afyun ishlab chiqarish besh baravar ko‘paydi — BMT

Afg‘onistonda afyun ishlab chiqarish besh baravar ko‘paydi — BMT

Hozir mamlakatning 34 ta viloyatidan 16 tasida ko‘knori yetishtirilmoqda.

Makka hududida dron urib tushirildi: tomonlar bayonotlari bir-biriga zid

Makka hududida dron urib tushirildi: tomonlar bayonotlari bir-biriga zid

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya dron Yaman hududidan uchirilganini bildirdi, husiylar esa hujumga aloqadorligini rad etdi.

Trampga Eronga qarshi harbiy harakatlar variantlari ko‘rsatildi — WSJ

Trampga Eronga qarshi harbiy harakatlar variantlari ko‘rsatildi — WSJ

AQSh harbiy rahbariyati Eronga qarshi harbiy harakatlar bo‘yicha bir nechta variantni taqdim etgan.