Rossiya bilan Ukrainada Telegram kanallari cheklanishi mumkin
Bu bo‘yicha Pavel Durov ogohlantirish bilan chiqdi.

Messenjer asoschisi Pavel Durov “tekshirilmagan ma’lumotlar” tufayli Rossiya va Ukrainadagi Telegram kanallari ishini cheklash haqida ogohlantirmoqda.
U soxta xabarlardan norozi ekanini va Telegram “mojarolarni kuchaytirishini” istamasligini bildirgan.
Avvalroq Telegram asoschisi WhatsApp‘dagi xavfsizlik muammolarini tanqid qilgani haqida xabar berilgandi.







