O'zbekiston

Namanganda 16 yoshli bola o‘z tengqurini pichoqlab qo‘ydi

Unga nisbatan 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.

Namanganda 16 yoshli bola o‘z tengqurini pichoqlab qo‘ydi

 

Joriy yilning 26-fevral kuni 16 yoshli fuqaro Namangan shahrining Zirabuloq ko‘chasida joylashgan uylar oralig‘ida o‘z tengqurining ko‘krak qafasiga pichoq bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Ma’lum qilinishicha, jabrlangan fuqaro uni pichoqlagan bolaning “uyali telefoniga qo‘ngiroq qilib, shaxsiyatiga tegib haqorat qilgan” va o‘rtada tortishuv yuzaga kelgan.

 

Hodisa oqibatida pichoqlangan bola og‘ir tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

 

Holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

custom img

77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Tanlov orqali chiqindilarni saralashni yo‘lga qo‘yish va qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini oshirish ko'zda tutilgan.

custom img

O‘zbekistonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha 6 ta loyiha amalga oshiriladi

Yiliga 3,6 million tonna qattiq maishiy chiqindi qayta ishlanib, 1,6 milliard kVT elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

custom img

Toshkentda yo‘lkira oshadi: yangi tariflar taklif qilindi

Naqd to‘lovda yo‘lkira 3 ming so‘m, elektron to‘lovda esa 2,5 ming so‘m etib belgilanishi mumkin.

custom img

O‘zbekistondan olib chiqib ketilgan madaniy boyliklarni qaytarish bo‘yicha komissiya tuziladi

Ichan-qal’a muzey-qo‘riqxonasi hududida “Olloqulixon karvonsaroyi” savdo markazini tashkil etish loyihasi alohida ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ish kunlari soat 23:00 dan 07:00 gacha baland shovqin chiqarish taqiqlanadi

Dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari cheklov 22:00 dan 09:00 gacha amal qiladi.

custom img

Chirchiqda yuk mashinasining tirkamasi xonadonga urildi

Xonadonga yetkazilgan zarar qoplanishi bildirildi.

custom img

Brakonerlar qarshiligi: inspektor halok bo‘ldi

Marhum "Tabiat himoyachisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

custom img

O‘zbekistonda valyuta kursini shakllantirish tartibi o‘zgartiriladi

15-sentabrdan rasmiy almashuv kursini hisoblashda valyuta birjasidan tashqari banklararo bozorda tuzilgan bitimlar ham inobatga olinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"