Poytaxtning ikki tumanidagi tabiiy gaz taʼminoti o‘chiriladi
Gaz taʼminoti taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng qayta tiklanadi.

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan o‘rta bosimli yerosti D-108 mm gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari rejalashtirilgan.
Shu sababli, 2022-yil 3-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Maʼrifat ko‘chasidagi 2 320 ta xonadonda hamda 18 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Shuningdek, Yunusobod tumani, Oqtepa mahallasi hududida joylashgan o‘rta bosim D-89 mm yer usti gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2022-yil 3-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha O‘qituvchilar, Oqtepa ko‘chalarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.







