Jahon

Olaf Shols sobiq hamkasbidan Rossiya kompaniyalariga rahbarlik qilishni to‘xtatishni so‘radi

Gerxard Shryoder neft-gaz gigantlari direktorlari kengashi raisi hisoblanadi.

Olaf Shols sobiq hamkasbidan Rossiya kompaniyalariga rahbarlik qilishni to‘xtatishni so‘radi

 

Germaniya kansleri Olaf Shols sobiq kansler Gerxard Shryoderni rus kompaniyalaridagi lavozimlaridan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

 

"Shryoderga maslahatim — u ushbu lavozimlardan voz kechishi kerak", — degan u.

 

Bundan avval Germaniya sotsial-demokratik partiyasi xam sobiq kanslerga shunday murojaat bilan chiqqandi. Eʼtiborlisi, Shols ham, Shryoder ham shu partiya aʼzosi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Gerxard Shryoder 1998-2005 yillarda Germaniya hukumatini boshqargan. O‘z vaqtida u Germaniyani Rossiyaning YIdagi asosiy hamkoriga aylantirdi. Shryoder va Putin do‘st sifatida ko‘riladi.

Sobiq kansler 2017-yildan buyon “Rosneft” direktorlar kengashi raisi hisoblanadi. Shuningdek, Nord Stream AG aksionerlar qo‘mitasi va shu kompaniya direktorlar kengashiga raislik qiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya moliya vaziri Moskva bilan ayrim moliyaviy kanallar saqlanib qolinganini maʼlum qilgandi.

Kapadokiyada qoyalar quladi: uch kishi halok bo‘ldi

Kapadokiyada qoyalar quladi: uch kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlarning ikki nafari Turkiya fuqarosi, biri esa xorijlik bo‘lgan.

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Mamlakatning sharqiy sohilida siklon ortidan elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevrokomissar inqiroz sharoitida yoqilg‘i ishlab chiqarishni tez oshirish va zarur zaxiralarni shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, u avval ham hujum va talonchilik bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sudlangan.

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Bu Pxenyanning oktyabr oyidagi uchinchi raketa uchirishi bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Bu baza Turkiyaning Qatardagi harbiy inshootiga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Poyezdlar to‘qnashuviga temir yo‘l signalizatsiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

Yangi harbiy kampaniya Tehronning harbiy salohiyatini zaiflashtirish va uni muzokaralarga qaytarishga qaratilishi mumkin.