O'zbekiston

Olmaliqda qimmatbaho metall o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Ular salkam 120 mln so‘mlik sanoat mahsulotini o‘marishgan.

Olmaliqda qimmatbaho metall o‘g‘rilari qo‘lga olindi

 

DXXning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda qimmatbaho metall o‘g‘rilarini qo‘lga olingan. 

 

Ma’lum qilinishicha, olmaliqlik fuqaro “Olmaliq KMK” AJning bir guruh ishchilari bilan jinoiy til biriktirgan. U “Oltin va kumushni afinajlash syexi”ning kiyim almashtirish xonasiga qimmatbaho metall – sanoat qumlarini yashirib qo‘ygani fosh bo‘lgan. 

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushbu yacheykaning pastki qismida perchatkada joylashtirilgan umumiy og‘irligi 4 kg 435 gr sanoat mahsuloti – shlam prosessual tarzda rasmiylashtirib olingan. Laboratoriya tahlili natijalariga ko‘ra, ushbu sanoat qumlari tarkibida umumiy narxi 117,5 mln so‘mlik 160,5 gr qimmatbaho metalllar mavjudligi aniqlangan.


 
Fuqaro Chirchiq shahrida “Olmaliq KMK” AJning qo‘riqlash xizmatiga bo‘lib o‘tayotgan qabulga qatnashish uchun kelgan vaqtida qo‘lga olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

 

custom img

Tanzila Norboyeva “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi

Oliy Majlis Senati raisi davlat va jamiyat boshqaruvi, parlament faoliyatini rivojlantirish hamda demokratik islohotlarni amalga oshirishdagi xizmatlari uchun hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan xorijiy davlatlar rahbarlari tabriklamoqda

Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va taniqli jamoat arboblari tabrik yo‘llab, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mamlakatning xalqaro nufuzini yuksaltirish borasidagi natijalarni yuqori baholadi.

custom img

Buxoroda 60 dan ortiq fuqaroni chuv tushirgan guruh fosh etildi

Gumonlanuvchilar qo‘lga olinganda ulardan o‘nlab bank kartalari, SIM-kartalar hamda maxsus mobil qurilmalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

custom img

Buxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi

Rejaga ko‘ra, hisob davrida shahar hududi 7 966,78 gektardan 11 847,06 gektargacha kengayadi. Magistral ko‘chalarning uzunligi 102,6 kilometrdan 203 kilometrgacha oshiriladi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Xitoyning yetakchi muzeylari bilan hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida Islom sivilizatsiyasi markazining Xitoyning yetakchi muzeylari bilan yangi hamkorlik dasturi taqdim etildi.

custom img

Rejep Tayyip Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan qutladi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentiga rasmiy tashrif bilan mamlakatga kelishni taklif etdi.

custom img

“Toshkentga 'yashil shahar' maqomi qaytariladi” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi qator bog‘ va jamoat maskanlarini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Chirchiqda Lacetti daraxtga urildi, haydovchi halok bo‘ldi

Avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchilar esa shifoxonaga olib borilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"