Jahon

Ukrainaga qarshi hujum boshlash qiyin bo‘lgan – Putin

Rossiya Prezidentidan navbatdagi bayonot.

Ukrainaga qarshi hujum boshlash qiyin bo‘lgan – Putin

 

Vladimir Putin Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi haqida bir qator bayonotlar berdi. 

 

– U Ukrainaga qarshi urush boshlash qarorni qabul qilish “qiyin” bo‘lgan;


– Ukraina Sovet davridan beri yadro va raketa bo‘yicha vakolatlarga ega;


– Rossiya Ukrainadagi vaziyatni “tinch yo'l bilan” hal qilishga uringan;


– Donbassga “rus tilida gaplashish va o‘ziga xos tarzda yashash” uchun ruxsat berish kerak edi;


– Ukrainaga qarshi urushda halok bo‘layotgan rus askarlari “kelajagimiz uchun kurashmoqda”;


– Agar Ukraina hukumati o‘zlari qilayotgan ishda davom etsa, bu “Ukraina davlatchiligining kelajagi”ni shubha ostiga qo‘yadi;


– Ukrainaning neytral maqomi NATOga kirmasligi uchun kerak;


– Faqat Donbassga qo‘shin jo‘natish mumkin edi, ammo Kiyev G‘arb davlatlaridan “cheksiz yordam oladi”;


– Ukraina harbiy infratuzilmasini yo‘q qilish bo‘yicha ishlar deyarli yakunlandi;


– Ukraina uzra parvozlarni taqiqlovchi hudud yaratishga urinish harbiy harakatlarda ishtirok etish sifatida baholanadi;


– Ukrainada hukumat tarkibida “neonatsistlar” bor;


– Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining bayonotidan keyin Rossiya Federatsiyasi yadro kuchlari maxsus rejimga o‘tkazildi;


– Biz Rossiya Federatsiyasi hududida hech qanday maxsus qoida joriy etishni rejalashtirmayapmiz;


– Harbiy holat qonunga muvofiq, tashqi tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda joriy etiladi;


Shuningdek, Putinning aytishicha, operatsiyada faqat professional harbiylar qatnashadi, harbiy xizmatga chaqiriluvchilar yo‘q.


Eslatib o'tamiz, avvalroq Xerson aholisi rus harbiylarini shahardan haydab chiqargan edi. Minglab Xerson aholisining mitingi rus bosqinchilarini shaharni tark etishga majbur qildi.

 

Kapadokiyada qoyalar quladi: uch kishi halok bo‘ldi

Kapadokiyada qoyalar quladi: uch kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlarning ikki nafari Turkiya fuqarosi, biri esa xorijlik bo‘lgan.

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Mamlakatning sharqiy sohilida siklon ortidan elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevrokomissar inqiroz sharoitida yoqilg‘i ishlab chiqarishni tez oshirish va zarur zaxiralarni shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, u avval ham hujum va talonchilik bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sudlangan.

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Bu Pxenyanning oktyabr oyidagi uchinchi raketa uchirishi bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Bu baza Turkiyaning Qatardagi harbiy inshootiga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Poyezdlar to‘qnashuviga temir yo‘l signalizatsiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

Yangi harbiy kampaniya Tehronning harbiy salohiyatini zaiflashtirish va uni muzokaralarga qaytarishga qaratilishi mumkin.