0

Tashqi savdo hisoboti joyiga qaytdi yoki Rossiyaga eksportchilarimiz ham muammolarga duch keladimi?

Nima uchun 2021 yil tashqi savdo hisoboti kerak bo‘lib qoldi?

Tashqi savdo hisoboti joyiga qaytdi yoki Rossiyaga eksportchilarimiz ham muammolarga duch keladimi?

 

Chunki konflikt bilan bog‘liq yuz berayotgan murakkab vaziyatda yutqazadiganlar nafaqat mehnat migrantlari bo‘ladi.

Yutqiziqda, yumshoq qilib aytganda yo‘qotishlarni sezish yuki Rossiyaga eksport qiluvchilarimiz bo‘yniga ham tushadi. Ular davlatga bog‘liq bo‘lmagan meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari eksportchilaridir.

 

2021 yilda Rossiyaga 291,8 million dollarlik meva-sabzavot eksport qilganmiz. Qozog‘iston (196,5 million dollar) va Qirg‘izistonga (116,7 million) eksportning ham yakuniy manzili Rossiya ekanini hisobga olsak, Rossiya marshrutiga jami 605 million dollarlik meva-sabzavot yo‘naltirilgan. Bu faqat rasmiy raqamlar.

 

2021 yilda Rossiyaga 910,7 million dollarlik to‘qimaslik mahsulotlari eksport qilganmiz. Qirg‘izistonga 401,1 million dollarlik, Qozog‘istonga 48,6 million dollarlik to‘qimachilik eksporti yuz bergan. Yaʼni, bu yerda ham Rossiyaga pirovard eksport marshrutining jami 1 360 million dollardan ziyod.

 

Boshqacha aytganda, meva-sabzavot va to‘qimachilik eksporti bo‘yicha Rossiya bilan bog‘liq 2 milliard dollar atrofida riskimiz mavjud. Rossiyada to‘lov qobiliyati keskin pasayishi, rubl kursining qulashi holati eksportchilarimiz uchun qator muammolarni yaratadi.

 

Bu masalaning iqtisodiy tarafi. 

 

Qo‘shimchasiga sanksiyalar, to‘lovlarning kafolati kabi masalalar bor. Eksportchilarimiz o‘zi bilmagan holda sanksiyalar to‘riga tushib qolmasligi kerak yoki ularning mablag‘lari qayerlardadir muzlab qolishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ayni shu masalalarda ularga davlatning yordami kerak.

 

Darvoqe, 2021 yil tashqi savdo bo‘yicha hisobot joyiga qaytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"