Jahon

AQSH vakillar palatasi Ukrainaga 14 milliard dollarlik yordam paketini tasdiqladi

Bu haqda BBC xabar berdi.

AQSH vakillar palatasi Ukrainaga 14 milliard dollarlik yordam paketini tasdiqladi

 

Ushbu mablag‘ning qariyb 6.5 milliardi harbiy yordam sifatida beriladi. Qolgani esa turli gumanitar va iqtisodiy muassasalar o‘rtasida taqsimlanadi. Hozircha ushbu loyiha senatda tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, katta ehtimol bilan u maʼqullanadi.

 

"Jasur va erksevar Ukraina xalqi hamda bizning mintaqadagi ittifoqchilarimiz Vladimir Putinga va noqonuniy Rossiya bosqiniga qarshi kurash uchun zarur investitsiyalarni qo‘lga kiritadi", — degan Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada harbiy operatsiya boshladi. Shundan keyin G‘arb davlatlari unga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Bir vaqtning o‘zida Ukrainaga harbiy yordam berish ko‘paydi. Shu kunga qadar Kiyevga Yevropa va AQSH tomonidan minglab tankka qarshi raketalar, ko‘chma zenit tizimlari va o‘tochar qurollar yetkazib berildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vashington Ukraina qochqinlarini qabul qilgan davlatlarga katta yordam ajratishini maʼlum qilgandi. 

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Mamlakatning sharqiy sohilida siklon ortidan elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevrokomissar inqiroz sharoitida yoqilg‘i ishlab chiqarishni tez oshirish va zarur zaxiralarni shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, u avval ham hujum va talonchilik bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sudlangan.

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Bu Pxenyanning oktyabr oyidagi uchinchi raketa uchirishi bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Bu baza Turkiyaning Qatardagi harbiy inshootiga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Poyezdlar to‘qnashuviga temir yo‘l signalizatsiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

Yangi harbiy kampaniya Tehronning harbiy salohiyatini zaiflashtirish va uni muzokaralarga qaytarishga qaratilishi mumkin.

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Tomonlar kemalar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun uch tomonlama muvofiqlashtirish mexanizmini yaratishga kelishib oldi.