Jahon

Rossiyaga qarshi sanksiyalarning dunyo iqtisodiyotiga ta’siri qanday?

Cheklovlar iqtisodiy o‘sishning pasayishiga olib kelishi mumkin.

Rossiyaga qarshi sanksiyalarning dunyo iqtisodiyotiga ta’siri qanday?

 

24-fevral kuni Rossiya Ukrainaga qarshi maxsus harbiy amaliyot boshlanishini e’lon qilgandan so‘ng, AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan yangi iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalar joriy etildi. Bu Moskvaga og‘ir zarba bo‘ldi: so‘nggi ikki haftada rubl rekord darajada quladi, rus banklarining xorijdagi filiallari yopildi, yuqori texnologiyalar importi amalda to‘xtab qoldi. Bundan tashqari, uzoq yillar davomida amalga oshirilgan “Shimoliy Oqim-2” gaz quvuri loyihasi to‘xtatatildi, Rossiya eksportining eng muhim qismi bo‘lgan neftni sotish bilan bog‘liq muammolar vujudga keldi. 


Ammo globalizatsiya o‘z so‘zini aytdi: sanksiyalar faqat Moskvaga emas, butun dunyoga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazdi. Bu, eng avvalo, energetika va xomashyo mahsulotlari narxining keskin oshib ketishida kuzatildi. Masalan, bir barrel neft narxi bir necha haftadan buyon 100 dollardan pastga tushgani yo‘q, gaz bahosi ham “osmon”ga ko‘tarildi – Yevropaliklar bir necha kun hatto ming kubometr gaz uchun 3000 dollardan ko‘p pul to‘ladi. Uglevodorodlar narxi oshishiga Rossiya gaz va nefti eksportining cheklab qo‘yilish xavfi asosiy sabab  qilib ko‘rsatilmoqda. 


Yuqori texnologiyalar sanoatida eng muhim metallardan bo‘lgan nikelning narxi ham tarixiy rekord qayd etdi: hafta davomida nikel narxi 2.5 barobarga oshib, 100 ming dollardan oshdi. London birjasida nikel savdosi vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yildi. Ma’lumot o‘rnida:  RF nikel qazib olish bo‘yicha 3 o‘rinda turadi. 


Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar va Kreml tomonidan taqdim etilayotgan inqirozga qarshi kurash dasturi yana bir muhim yo‘nalishda – oziq-ovqat savdosiga ham salbiy ta’sr o‘tkazishi mumkin. 


10  mart kuni Rossiya hukumati bug‘doy eksportini vaqtinchalik taqiqlab qo‘ydi. Muammoni yaxshiroq anglash uchun quyidagi ma’lumotlar bilan tanishish zarur:


Moskva dunyodagi eng yirik bug‘doy eksportyori hisoblanadi. (2021 yilda 8.88 milliard dollarlik bug‘doy sotgan). Ma’lumotlarga ko‘ra, Qatar, Ruanda, Qirg‘iziston va Misr Rossiya bug‘doyiga 80 foiz, Turkiya esa 70 foiz qaram.  Joriy etilgan taqiq rus bug‘doyining asosiy iste’molchisi bo‘lgan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida oziq-ovqat taqchilligini kuchaytiradi. 


Dunyo yetakchilari nima deydi? 


Jozef Bayden AQSHdagi rekord darajadagi inflyasiya haqida gapirar ekan, buning sababi Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar ekanini e’tirof etdi. 

 

Xalqaro Valyuta fondi rahbari Kristalina Georgiyeva esa Rossiya chuqur inqirozga kirishi, ammo buning oqibatida butun dunyoda iqtisodiy o‘sish sekinlashuvidan ogohlantirdi. 

 

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida ham mavjud vaziyat inqirozga sabab bo‘lishidan xavotir bildirdi. “Yaponiya va butun dunyo Ikkinchi jahon urushidan keyin eng yirik inqirozga uchrashi mumkin” , – degan u. 

 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uning davlati Rossiya gazidan kuchli qaram emasligini aytgan. Ammo  uning fikricha, “Agar Moskva yetkazib berishni to‘xtatsa, Yevropani keyingi qish mavsumida katta qiyinchiliklar kutadi”. 

 

Saksiyalar va uning jahon iqtisodiyotiga ta’siridan eng ko‘p aziyat chekadigan yana bir davlat Xitoy hisoblanadi. Pekin pandemiyadan key  ingi tiklanish davridan eng ko‘p manfaatdor tomonlardan biri. Shu sababli u Moskvaga qarshi joriy etilgan bir tomonlama sanksiyalarni qoralab kelmoqda. Xitoy hukumati rahbari Li Kesyanning so‘zlariga ko‘ra,  “Ushbu sanksiyalar dunyo iqtisodiyoti tiklanishiga qattiq zarba beradi va hech qaysi tomonga foyda olib kelmaydi”, – deb qayd etdi Li Kesyan. 


Avvalroq XVF Rossiyani defolt xavfidan ogohlantirgan edi.

 

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

custom img

Ko'mir konidagi fojia: 4 konchi halok bo‘ldi

Pokistondagi ko‘mir konida gaz portladi.

custom img

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

custom img

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

Tramp sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga qarshi chiqdi.

custom img

Benzin narxi oshdi: Suriyada norozilik namoyishlari boshlandi

Energetika vazirligi huzuridagi maxsus qo‘mita tomonidan gaz va dizel yoqilg‘isi narxlari 25–40 foizga oshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"