Sport

Magistr talaba Olimpiya chempionligini maqsad qilgan

Boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindori Madiyor Saidrahimov ayni kunlarda nima bilan band?

Magistr talaba Olimpiya chempionligini maqsad qilgan

 

2021-yilning 25-oktabr - 6-noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tgandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi safida Abdumalik Halakov kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Madiyar Saidrahimov bronza medali sohibiga aylandi.

 

Ayni kunlarda bokschilarimiz navbatdagi mashg‘ulotlarini olib borishmoqda. Biz Madiyor Saidrahimovdan musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni qanday o‘tayotgani haqida ma’lumot oldik.Sportchining so‘zlariga ko‘ra, u ayni damda O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport universitetining magistratura bosqichida tahsil oladi. 


“Men Jismoniy tarbiya va sport universitetida to‘rt yil davomida tahsil olganman. Hozirda magistratura bosqichida o‘qishimni davom ettirmoqdaman. Universitetda talabalarning ham o‘qishiga, ham mashg‘ulot o‘tkazishiga juda yaxshi imkoniyatlar yaratilgan”. 


Madiyor Saidrahimov ana shunday sharoitlar natijasida hozirda xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib kelayotganini ta’kidladi. 
O‘tgan yili Serbiyada o‘tgan jahon chempionatidan so‘ng bokschi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. 


“2023-yil yurtimizda jahon chempionati, 2024-yilda esa Fransiyada Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi. Bugungi kunda ushbu turnirlarga qizg‘in tayyorgarlik jarayonini olib boryapmiz”. 


Madiyor maqsadi mazkur musobaqalarda oltin medalni qo‘lga kiritish ekanligini aytib o‘tdi. 2021 yilgi jahon chempionatida chempionlik uchun unga biroz tajriba yetishmaganini ma’lum qildi.


“Yarim finalda kubalik kuchli bokschiga imkoniyatni boy berib qo‘ydim. Keyingi chempionatlarda chempionlik uchun bemalol kurash olib borsam bo‘ladi”. 


Sportchi navbatdagi turnirlarda o‘zbek bokschilarining g‘alabali onlari yana uzoq davom etishini ta’kidladi.

 

Jamshidbek AMIROV suhbatlashdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.