Jahon

Telegram‘ni bloklamang — Pavel Durov

Messenjer asoschisi Braziliya Oliy Sudiga murojaat qildi.

Telegram‘ni bloklamang — Pavel Durov

 

Braziliya Oliy Sudi mamlakatda Telegram‘ni bloklash to‘g‘risida qaror chiqardi. Shu munosabat bilan Pavel Durov murojaat bilan chiqdi.

 

Bloklanishga sabab — messenjerdagi taqiqlangan kontent o‘z vaqtida o‘chirilmagan.

 

"Fikrimcha, bizda korporativ manzillarimiz va Braziliya Oliy Sudi o‘rtasida almashiladigan elektron xatlar bilan bog‘liq muammo yuzaga keldi. Oqibatda sud Telegram unga javob bermagani uchun mamlakatda messenjerni taqiqlashga qaror qildi.

 

Butun jamoamiz nomidan Braziliya Oliy Sudidan befarqlik uchun uzr so‘rayman. Shubhasiz biz ishimizni yaxshiroq qilishimiz mumkin edi.

 

Biz sudning fevral oxiridagi qarorini ijro etdik va xabarlarni o‘chirish to‘g‘risidagi bo‘lg‘usi xatlarni maxsus elektron pochtaga jo‘natishni taklif qildik. Afsuski, bizninsh maktubimiz yo‘qotiilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sud biz bilvn bog‘lvnish uchun eski elektron pochtaga jo‘natishni davom ettirgan. Oqibatda sudning martdagi qarorini o‘tkazib yubordik, unda maktublarni o‘chirish borasida yangi so‘rov bo‘lgan. Ammo bugun biz uni topdik va sud qarorni bajardik", — degan Durov.

 

U Telegram‘ni bloklash to‘g‘risidagi qarorni bir necha kun ortga surib turishni iltimos qilgan.

Eslatib o‘tamz, avvalroq Durov WhatsApp‘dagi xavfsizlikni tanqid qilgandi. 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.