Jahon

Turkiyada dunyodagi eng uzun osma ko‘prik ishga tushdi

Mazkur ko‘prik yiliga 415 million yevro daromad keltirishi ko‘zda tutilgan.

Turkiyada dunyodagi eng uzun osma ko‘prik ishga tushdi

 

Turkiyada Osiyo va Yevropa qitʼasini bir-biriga bog‘laydigan “Chanoqqalʼa 1915” osma ko‘prigi ishga tushirildi. Uning ochilish marosimida Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an ishtirok etdi.

 

“Turkiya o‘rta masofa bo‘yicha dunyodagi eng uzun ko‘prikka ega bo‘lgan Yaponiyani ortda qoldirdi va bu sohada birinchi o‘rinni egalladi. Aytmoqchimanki, o‘rta oraliq uzunligi bo‘yicha dunyodagi eng uzun 10 ta ko‘prikdan 3 tasi bizning mamlakatimizda”, — dedi ochilish marosida nutq so‘zlagan Erdog‘an.

 

“Anadolu” agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, markaziy oraliqni ushlab turuvchi ko‘prik ustunlarining balandligi 300 metrdan oshadi. Ko‘prik uzunligi 3,7 kilometrni tashkil etadi va Malkara-Chanoqqalʼa avtomobil yo‘lining 101-kilometrining muhim bo‘g‘iniga aylanishi kutilmoqda. Ustunlarning tutashgan joylari va ko‘prik elementlari Turkiya bayrog‘i ranglari bo‘lgan qizil va oq rangga bo‘yalgan.

 

Dardanel bo‘g‘ozi bo‘ylab olti polosali (har bir yo‘nalishda uchtadan) osma ko‘prikning umumiy uzunligi 4608 metrga yetadi.

 

Mazkur ko‘prik o‘lchamlarining bir qator ramziy maʼnolari bor. Ko‘prikning 2,23 metrlik o‘rta qismi Turkiya Respublikaning 100 yilligini, 318 metrlik po‘lat minoralari esa Chanoqqalʼa dengiz g‘alabasi, yaʼni 1915 yil 18 mart kunidagi Chanoqqalʼa zafarini anglatadi. O‘rta oralig‘i 2023 metr ekanligi, bu o‘z o‘zidan 2023 yilga ishora qilmoqda.   

 

Mamlakat rahbari ko‘prikdan foydalanish bir hafta mobaynida tekin bo‘lishini bildirib o‘tdi. Keyin esa bir marta foydalanish 200 tl bo‘lishi bildirildi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"