0

“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi handaqqa tushib ketdi

FVV hodisaga nima sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi handaqqa tushib ketdi


 

Bugun, 24-mart kuni “Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lida “Volvo” rusumli yuk mashinasi yo‘l chetiga chiqib ketgan. Bunga haydovchining harakat xavfsizligini ta’minlay olmay qolgani sabab bo‘lgan. 


Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq “Qamchiq” dovonida harakatlanib ketayotgan “DAF” rusumli avtomashinaning dvigatel qismida yong‘in chiqqani xabar qilingandi.

 

Javohirbek TURSUNOV

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"