Jahon

AQSH afg‘onlarga navbatdagi gumanitar yordam ajratdi

Avvalroq London Afg‘oniston uchun 374 million dollar gumanitar yordam jo‘natgan edi.

AQSH afg‘onlarga navbatdagi gumanitar yordam ajratdi

 

AQSH Afg‘onistonga qo‘shimcha 204 million dollarlik gumanitar yordam beradi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays maʼlum qildi.

 

"Biz Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 204 million dollar atrofida qo‘shimcha gumanitar yordam beramiz. Shu tariqa 2021 yil avgustidan buyon yetkazib berilgan yordam miqdori 720 million dollarni tashkil etadi", — deyiladi Prays bayonotida.

 

Ajratilgan mablag‘lar BMT tuzilmalari va qator xalqaro gumanitar tashkilotlar orasida taqsimlanadi. Bu pullar oziq-ovqat, suv sotib olish, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, Afg‘oniston aholisiga boshpana berish va huquqiy himoya uchun sarflanadi.

 

"Qo‘shma Shtatlar hamon afg‘on xalqining gumanitar ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlashga sodiq va "Tolibon " rahbariyatidan barcha fuqarolar, jumladan afg‘on ayollarining taʼlim olish huquqini hurmat qilishni talab qilishda davom etadi", — deb qo‘shimcha qilgan Prays.

 

Avvalroq Buyuk Britaniya Afg‘oniston uchun 374 million dollar ajratgandi

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

custom img

Vengriyada polshalik sayyohlar avtobusi ag‘darilib, 12 kishi halok bo‘ldi

Politsiya haydovchi uxlab qolgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Haydovchi hibsga olingan.

custom img

Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi

Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Moskva va boshqa hududlardagi ayrim aeroportlar faoliyati cheklandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"